Aniq raqamli chorvachilik nima?

Aniq chorvachilik hayvonlar mahsuldorligini oshirish, hayvonlarning farovonligi va sog'lig'ini yaxshilash, shu bilan birga atrof-muhitga zararli ta'sirni kamaytirishga qaratilgan. Hayvonlarning mahsuldorligini oshirishga sun'iy yo'ldosh va geolokatsitsiya sensorlar yordamida real vaqt rejimida zamonaviy monitoring va boshqaruv tizimlari yordamida erishiladi, muammo yuzaga kelganda darhol fermerni ogohlantiradi.

Mening fermamni yanada daromadli qila olasizmi?

Yuqori daromad, mahsuldorlik va barqarorlik Pastoral kabi zamonaviy aniq raqamli chorvachilik platformalarining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu platformalarining ko‘p foydalanuvchilari fermer xo‘jaliklarining daromadlari va hosildorlik dehqonchilik mavsumi davomida 30% yoki undan ko‘proqqa oshiradilar.

Mening mamlakatimda Pastoral mavjudmi?

Pastoral hozirda faqat O‘zbekistonda faoliyat olib bormoqda va albatta 2022-yil oxirida bir qancha Markaziy Osiyo va Afrika Sahelidagi mamlakatlarda faoliyatimizni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Sizning mamlakatingizda Pastoral qachon faoliyat boshlashini bilish uchun yuqoridagi havola orqali biz bilan bog‘lanishdan tortinmang!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan munosabatlaringiz qanday?

Pastoral Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va barqaror qishloq xoʻjaligida innovatsiyalar boʻyicha BMTTD 'Cultiv@te' innovatsiyalarini yakunladi. Pastoral BMTTD va FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda davom etdi.

Karakoram Innovation bilan qanday munosabatdasiz?

Karakoram Innovation - bizning bosh kompaniyamiz bo'lib,ushbu loyihani 2021 yilda yakunladik. Karakoram Innovation Oʻzbekiston va boshqa koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarda aniq raqamli qishloq xoʻjaligi uchun samarali yechim va takliflarni ilgari suruvchi mustaqil kompaniya hisoblanadi.

Men bu Pastoral jamoasiga qo'shila olamanmi?

Albatta! Siz ushbu sahifaning pastki qismidagi Karyera havolasidan foydalangan holda biz faol ravishda taqdim qilayotgan ishlarni ko'rishingiz mumkin. Hozirda biz aynan nima ish qilishingizdan qat'iy nazar qabul qilyapmiz. Iltimos, biz bilan bog'laning va o'zingizni tanishtiring, shunda biz turli ish o'rinlarini tashkil qilganimizda sizning aniq kimligingizni bilib olamiz.

Sign Up for our monthly newsletter

© 2024 Pastoral. All Rights reserved

Sign Up for our monthly newsletter

© 2024 Pastoral. All Rights reserved